04/08/2023

Joriy yilning 4-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi M.Xojiboyeva tomonidan Farg‘ona tumani, “Marg‘ilon” MFY, “Quvonch” ko‘chasi, 66-uyda istiqomat qiluvchi I.Ergashevlar oilasi xonadonida uy  xo‘jaliklari kuzatuvi amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘ngi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil bilan ta’minlanganligi va boshqa shu haqidagi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.