04/08/2023

Joriy yil 4-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov tomonidan O‘zbekiston Prezidentining  2023-yil 1-avgust kunidagi “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-255-son qarorida 2023-yil 1- sentabrdan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil qilinganligi, Markaz otorinolaringologiya yo‘nalishidagi ishlarni muvofiqlashtirishi hamda “Markaz – hududiy tibbiyot muassasalari – tuman (shahar) tibbiyot muassasalari” tizimi asosida ishlashi, 2024/2025 o‘quv yilidan Markazda otorinolaringologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot kadrlarini klinik ordinatura orqali tayyorlash tashkil qilinishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining otorinolaringologiya bo‘limlari Markazning hududiy filiallari hisoblanishi, 2024- yil 1- yanvardan otorinolaringologiya va yuz-jag‘ jarrohligi yo‘nalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishiga ruxsat berilishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar haqida so‘z yuritdi.

Yig‘ilish so‘ngida seminar ishtirokchilari tomonidan qiziqtirgan savollarga mas’ullar o‘z fikr va mulohaalarini bildirdilar.