08/08/2023

Joriy yilning 7-avgust  kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi, ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan hamkorlikda  Marg‘ilon shahridagi “Yangi bog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari hamda mazkur mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan ko‘chalar nomi belgilarining ilinganligi hamda raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Bundan tashqari, aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishning afzaliklari,  mazkur jarayonning maqsadi va vazifalari haqida  targ‘ibot va tashviqot ishlari ham olib borildi.