08/08/2023

Mamalakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Kadasr Agentligining viloyat boshqarmalari tomonidan mazkur tadbirga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 7-avgust kuni Kadasr Agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasida hududiy bo‘linmalar boshliqlari hamda viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 1062 ta mahalla fuqarolar yig‘inining yangilangan xaritasida belgilangan raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, mahallada joylashgan noturar obyektlarning to‘g‘ri va haqoniy aks ettirilganligi hamda mahalla fuqarolar yig‘iniga yuklatilgan vazifalarining bajarilishini ta’minlashni nazoratga olishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.