11/08/2023

Quva tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Nazirboyev tomonidan  Quva tumani, “M.Xasanov” MFY, G‘allakor ko‘chasi, 23-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Majidov hamda Istiqlol ko‘chasi, 165-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Qo‘ziboyev xonadonlarida  4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilishi uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumotlar yig‘ish va ular asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha investitsiyalar va qurilish ishlari hajmlarini baholashdan iborat. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.