11/08/2023

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Yusupov tomonidan  Qo‘qon shahrida qarashli “G‘ishtli masjid”, “Usta bozor”, “Achchiq ko‘l” MFYdagi  Shiroq, Parpashabof, Oq yo‘l ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlarida  4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilishi uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumotlar yig‘ish va ular asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha investitsiyalar va qurilish ishlari hajmlarini baholashdan iborat. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.