14/08/2023

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 2023–yilning 1–iyul holatiga ko‘ra, parrandalarning umumiy bosh soni 8 425,8 ming taga yetdi. 2022–yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar  bosh soni – 515,9 mingtaga  kamaydi. 2023–yilning 1–iyul holatiga ko‘ra, parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, parrandalarning 63,5 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.