14/08/2023

joriy yilning 14-avgust kuni “Xizmatlar sohasi kuzatuvlarini oʻtkazish” boʻyicha hududiy statistika bo‘limlari ma՚sul xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida onlayn amaliy seminar tashkil etildi.Seminar “Xizmatlar sohasi statistika bo‘limi mutaxassislari N.Umarova hamda L.Omonovlar tomonidan o‘tkazildi. Seminarda III-chorakda planshet orqali oʻtkaziladigan tanlama kuzatuvlarini qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklarni yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz planshet qurilmasiga kiritish yuzasidan tushuntirishlar berildi.