15/08/2023

2023- yil 1- iyul holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 985 tani tashkil etib, 2022- yil 1 – iyun holatiga nisbatan 486 taga kamaygan va 80,3 % ni tashkil etgan.

Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan:
Yirik korxonalar soni - 3 tani
Kichik korxona va mikrofirmalar soni - 1 982 tani tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-iyun oyilarda umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 278,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 7,2 % ga ko‘paydi. Bunda savdo aylanmasining 92,9 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.