15/08/2023

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 7 397,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 9,5 % ga o‘sdi.

Shundan, kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 6 974,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 106,5 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda ushbu sektorning ulgurji savdo hajmidagi ulushi 94,3 % ni tashkil qildi.