15/08/2023

Joriy yilning 14-avgust kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi X.Tashbekova tomonidan  Farg‘ona tumani, “Beruniy” MFY, “Yangi avlod” ko‘chasi, 139- xonadonida 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumotlar yig‘ildi. Olingan ma’lumotlar joyida haqqoniy va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritildi.