15/08/2023

Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yil 1- avgust holatiga 35,8 mingtaga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,0 foizni tashkil etdi (7,6 mingta).

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanganda umumiy sonidagi ulushi:
Savdo – 39,4 foiz
Sanoat – 21,9 foiz
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 4,9 foiz
Qurilish – 8,0 foiz
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 5,8 foiz
Tashish va saqlash – 4,4 foiz
Axborot va aloqa – 2,5 foiz
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,8 foiz
Boshqa turlari –10,3 foiz.