15/08/2023

Joriy yilning 15-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Abdurayimov hamda Rishton tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Karimovlar tomonidan  Rishton tumani, “Uchariq” MFY, “Navro‘z” ko‘chasi, 42-A-uyida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Jo‘rayev  va “Qozi Axror” MFY, “Yangi Qozi Axror “ ko‘chasi 27-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Umarovlar xonadonida  4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Mazkur kuzatuvlar natijasida olingan ma’lumotlar haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qiladi.