16/08/2023

Joriy yilning 15-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Abdurayimov hamda Bag‘dod tumani statistika bo‘limi boshlig‘I A.Mahmudjonovlar tomonidan  Bag‘dod tumani, “O‘zbekiston” MFY, “Olmos” ko‘chasi, 10-uyida istiqomat qiluvchi  fuqaro A.G‘ofurov va “Samarqand” MFY, Charog‘on ko‘chasi, 133- uyida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Yo‘ldosheva xonadonlarida 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumotlar yig‘ildi. Olingan ma’lumotlar joyida haqqoniy va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritildi.