17/08/2023

2023-yil yanvar-iyun oylari holatiga Farg‘ona viloyatida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 24,6 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 14,6 % punktga ko‘paydi.

Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 14,8 % punktga kamaydi, 49,1 % ni tashkil etdi.

Norasmiy sektorning ulushi esa 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,2 % punktga ko‘paydi, 26,3 % ni tashkil etdi.