17/08/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Abdurayimov hamda Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Abdurahimovalar tomonidan Uchko‘prik tumaniga qarashli “Uchko‘prik” MFYdagi A.Navoiy ko‘chasi,117 uyida istiqomat qiluvchi E.Mamajonov hamda Tinchlik MFY Yangi hayot ko‘chasi 64-A uyida istiqomat qiluvchi fuqaro M. Usmonovlar xonadonlarida 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilishi uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumotlar yig‘ish va ular asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha investitsiyalar va qurilish ishlari hajmlarini baholashdan iborat.