21/08/2023

Joriy yilning 18-avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdan tashqari huquqiy targ‘ibot o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgust kungi “O’zbekiston Respublikasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-140-sonli Farmoni hamda 2023-yil 15-avgustdagi “Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlash to‘g‘risida”gi 387-sonli Xukumat qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’ruza qildi.

 

Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, 2024- yil 1- yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinishi, 2024- yil 1- yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o‘zgartirish kiritilishi, 2025- yil 1- yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari, Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tisi, so‘rovnoma to‘ldirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ)ga yuborilishi, vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida auditorlik tashkilotini reyestrga kiritisi yoki uni rad etishi,  Auditorlik tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran auditorlik faoliyatini amalga oshirishga haqliligi, Auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqilbo‘lishi, Auditorlik tashkiloti vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emasligi haqida ham to‘[nalib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan seminarda ma’ruzachi tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan muloqotda o‘ta ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Axborot xizmati.