21/08/2023

Joriy yilning 21-avgust kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘I A.Pazilov hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Umrzaqovalar tomonidan «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tavsiyalar berildi.