22/08/2023

Joriy yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Murodov tomonidan O‘zbekiston tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari va boshqa mahsulotlarini oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgani mahsulotlar miqdorini aniqlash kabi ishlar amalga oshirildi.