Joriy yilning 21-avgust kuni Furqat tumani statistika boshqarmasi yetakchi mutaxassisi A. Orifjonov tomonidan Furqat tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.