Joriy yilning 22-avgust kuni Yozyovon tumani statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi A. Hakimov tomonidan Yozyovon tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.