23/08/2023

Joriy yilning 22-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqrmasi boshlig‘I Sh. Mamadaliyev hamda “Turmush darajasi  statistikasi va  uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limining mutaxassisi  R.Vahobovlar tomonidan Qo‘qon shahriga qarashli “G‘oziyog‘lik” MFY, Amudaryo ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi A.Umarqulov xonadonida  uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida  uy xo‘jaligining transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga sarflangan xarajatlarni o‘rganib, joyida olingan ma’lumotlarni shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.