23/08/2023

2023- yil 1- avgust holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 954 tani tashkil etib, 2022- yil 1- avgust holatiga nisbatan 517 taga kamaygan va 79,1 % ni tashkil etgan. Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 3 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 951 tani tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-iyul oyilarda umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 313,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 7,8 % ga ko‘paydi. Bunda savdo aylanmasining 92,6 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.