Joriy yilning 22-avgust kuni Furqat tumani statistika bo‘limi boshlig‘I Sh.Abdubannonov tomonidan Furqat tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.