23/08/2023

2023- yil yanvar-iyul oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 162,5 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar iyul oylariga nisbatan 74,1 mln. AQSH dollariga yoki 6,0 % ga kamaydi. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 411,7 mln. AQSH dollariga va import hajmi 750,8 mln. AQSH dollariga yetdi. Hisobot davrida -339,0 mln. AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.