2023-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha xizmatlar eksporti hajmi 3,7 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 0,9 % ini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 35,7 % ga kamaydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi safarlar (turizm) (6,9%), transport (45,9 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (13,4 %) va moliyaviy xizmatlar (33,9 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.