Joriy yilning 24-avgust kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Muhammadjonova tomonidan Farg‘ona tumanida 4-xizmat (jsh) bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.