24/08/2023

2023-yil yanvar-iyul oylari holatiga Qo‘qon shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 419,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,6 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 52,8 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 259,3 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 107,5 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 284,4 mlrd.so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 375,7 ming so‘m.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘icha:
Bino va inshootlarni qurish – 267,2 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 116,5 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 35,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.