24/08/2023

2023-yil yanvar-iyul oylari holatiga Marg‘ilon shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 647,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 142,7 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 366,5 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 207,5 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 73,6 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 585,0 mlrd.so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 2 614,2 ming so‘m.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘icha:
Bino va inshootlarni qurish – 608,0 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 34,3 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 5,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.