24/08/2023

Joriy yilning 24-avgust kuni Statistika agentligining Xizmatlar sohasi statistikasi” boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Berdibayev, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi mutaxassisi N.Umarova hamda Farg‘ona shahar  statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.No‘monova hamda Toshloq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi A.Xojimatovlar  tomonidan Farg‘ona shahar va Toshloq tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.