25/08/2023

Joriy yilning 24-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqrmasining “Turmush darajasi  statistikasi va  uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limining mutaxassisi  M.To‘xtamatov tomonidan Qo‘qon shahriga qarashli “G‘oziyog‘lik” MFYda istiqomat qiluvchi A.Azizov xonadonida  uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida  uy xo‘jaligining transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga sarflangan xarajatlarni o‘rganib, joyida olingan ma’lumotlarni shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.