Bugun Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida boshqarma kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan yangi o‘quv yilida birinchi sinfga boradigan 10 nafar xodimlarning farzandlariga o‘quv qurollarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Sovg‘alarni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh.Mamadaliyev tantanali ravishda topshirdi.