25/08/2023

Joriy yilning 25-avgust kuni Farg‘ona tumani “Oqtom” MFYda mahalla faollari ishtirokida huquqiy targ‘ibot o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 27- maydagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga Qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida” PF-5729-son Farmonining mazmun va mohiyati haqida ma’ruza qildi.  Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega ekanligi, yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib o‘tganligi, korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yo‘qotib bo‘lmasligi, hatto rivojlangan g‘arb davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos bo‘lolmaganligi, jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish Yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etayotganligi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari. korrupsiyaga qarshi e’lon qilingan kurash — Yangi O‘zbekiston — ochiq O‘zbekiston amaliyotiga to‘liq mos kelishini, davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlikning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligi, hozirgi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanayotganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib kelishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi mumkinligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilish so‘ngida mavzuga oid fikr va mulohazalar bildirildi.