28/08/2023

Joriy yilning 28-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasiing 2024- yil 15- avgust kungi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–278-son qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.

 

Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanaishi, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritilishi, 2024- yil 1- yanvardan ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanishi, majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdori "Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi" vazirligi tomonidan belgilanishi, agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo‘lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to‘plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig‘ishga ruxsat etilishi shu va boshqa ma’lumotlar haqida keng va atroflicha ma’ruza qildi.