30/08/2023

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi O.Xolbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Byvayda tumanidagi, “ Tog‘liq ” MFYda istiqomat qiluvchi  F.Toshmatovlar xonadonida bo‘lib, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi. Fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.