30/08/2023

Joriy yilning 30-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova hamda Farg‘ona tumani “Gulpiyon” MFY hokim yordamchisi I.Ahmedovlar hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudli hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.