31/08/2023

Joriy yilning 31-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Tizimda korrupsiyaga qarshi qurashish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev ochib, bugungi kunda korrupsiya jamiyat rivojlanishining kushandasi ekanligi, bu illatdan holi va butkul halos bo‘lish va murosasiz kurashishda har bir tizimdagi xodim mas’uliyat bilan yondoshishi, ogoh va xushyor bo‘lishi haqida so‘z yuritdi. 

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati” rahbari B.Melikmurotov so‘zga chiqib, korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayangan holda korrupsiya bilan bogʻliq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etishi, yaʼni pora beruvchining manfaatlarini koʻzlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora, yaʼni pullar, qimmatbaho qogʻozlar, boshqa mol-mulk, mulkiy tusdagi xizmatlarni berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, vaʼda berish va pora berish, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun toʻlovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki gʻayriqonuniy boshqa maqsadlarda oʻz xizmat mavqeyidan noqonuniy foydalanishi qatʼiyan taqiqlanishi haqida ma’ruza qildi. 

Bundan tashqari, o‘z mansab majburiyatlarini bajarish doirasida, mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarida korrupsiyaning barcha shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya qilish va axloqiy xulq-atvor yuzasidan shaxsan namuna sifatida namoyon bo‘lishlari kerakligi alohida ta’kidlab o‘tildi.