04/09/2023

Joriy yilning 4-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov tomonidan Farg‘ona shahriga qarashli “Huvaydo” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini vakili bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudli hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.