06/09/2023

2022- yilda Farg‘ona viloyati bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalarning moliyaviy natijasi ya’ni foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar (-)) miqdori 1 477,2 mlrd. so‘mni  tashkil etgan. Bu esa  2021- yilning mos davriga nisbatan moliyaviy natijani 43,2 mlrd. so‘mga ko‘payishiga olib keldi.Shuningdek, 2022- yilda kichik korxona va mikrofirmalarning sof foydasi (zarar (-)) miqdori 1 002,0 mlrd. so‘mni  tashkil etgan. Bu esa 2021- yilning mos davriga nisbatan sof foydani 22,5 mlrd. so‘mga ko‘payishiga olib keldi.