06/09/2023

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi U.Turg‘unova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Bag‘dod tumanidagi, “Sahovat” MFY, “Yangiqishloq” ko‘chasi, 19-uyda istiqomat qiluvchi  Dadaboyevlar xonadonida bo‘lib, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi. Fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.