06/09/2023

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi ta’minlash maqsadida joriy yilning 6-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining barcha ishchi-xodimlari o‘rtasida shaxmat-shashka bo'yicha sport musobaqalari tashkil etildi.