06/09/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 6-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda mazkur bo‘limning mutaxassisi G‘.Mamajonovlar tomonidan Qo‘qon shahriga qarashli “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini vakili bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudli hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.