07/09/2023

Joriy yilning 7-sentabr kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi Sh.Egamberdiyeva tomonidan Oltiariq tumani, “Tolko‘cha” MFY, “Sherdil” ko‘chasi, 26-uyda istiqomat qiluvchi M.Abdurahimov oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘ngi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil bilan ta’minlanganligi va boshqa shu haqidagi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.