08/09/2023

2023-yilning yanvar-iyul oylari holatiga Beshariq tumani bo‘yicha yangi tashkil etilgan korxonalar soni 190 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 76,9 %ni tashkil etdi.

Shundan huquqiy-tashkiliy shakli bo‘yicha taqsimlanganda:
🟠Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 142 ta
🟠Xususiy korxonalar – 23 ta
🟠Oilaviy korxonalar – 21 ta
🟠Xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar – 2 ta
🟠Boshqa korxonalar – 2 tani tashkil etdi.