08/09/2023

Joriy yilning 6-sentabr kuni Quvasoy shahar statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 2- sentabr kuni “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, endilikda Davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariy” AJda yuritilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2- sentabr kungi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son qarori qabul qilinganligi,  “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ o‘zgartirilishi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiya paketi Markaziy bankka o‘tkazilishi, 2025- yil 1- yanvardan davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ, “O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ va “Toshkent” respublika fond birjasi” mablag‘larni maqsadli ravishda ularni rivojlantirishga yo‘naltirgan holda dividendlarni hisoblash va to‘lashdan ozod qilinganligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.