08/09/2023

Joriy yilning 8-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 2- sentabr kuni “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023- yil 5- sentabr kungi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi 450-son hamda O‘zbekiston Respublikasiing 2023- yil 15- avgust kungi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–278-son qarorlarining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi. 

Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, endilikda Davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariy” AJda yuritilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2- sentabr kungi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son qarori qabul qilinganligi, “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ o‘zgartirilishi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiya paketi Markaziy bankka o‘tkazilishi, 2025- yil 1- yanvardan davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ, “O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ va “Toshkent” respublika fond birjasi” mablag‘larni maqsadli ravishda ularni rivojlantirishga yo‘naltirgan holda dividendlarni hisoblash va to‘lashdan ozod qilinganligi haqida keng va atroflicha axborot berdi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2023- yil 5- sentabr kungi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi 450-son qaraoriga ko‘ra, 2023- yil 1- oktabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishi, 2025- yil - yanvargacha tadbirkorlarga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning nazoratda bo‘lgan (probatsiya) davrida mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish tizimi joriy etilganligi shu va boshqa ma’lumotlar ham berildi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgust kungi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–278-son qarori qabul qilinganligi, unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanishi, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritilishi, 2024- yil 1- yanvardan ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.