11/09/2023

2023-yilning yanvar-iyul oylari holatiga O‘zbekiston tumani bo‘yicha yangi tashkil etilgan korxonalar soni 196 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 75,9 %ni tashkil etdi.

Shundan huquqiy-tashkiliy shakli bo‘yicha taqsimlanganda:
🟢Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 150 ta
🔴Xususiy korxonalar – 10 ta
🟢Oilaviy korxonalar – 33 ta
🔴Xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar – 3 tani tashkil etdi.