12/09/2023

2022-yil oxiriga Farg‘ona viloyatida kasalliklarning asosiy sinflari bo‘yicha aholining kasalliklarga chalinishi holatlari 2 334 494 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,6 %ni tashkil etdi.

 

Shundan:

bazi yuqumli va parazitar kasalliklar – 60 465 ta

yangi paydo bo‘lgan o‘smalar – 6 244 ta

endokrin tizimi kasalliklari, ovqatlanish, modda almashinuvi buzilishlari – 129 928 ta

qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari va immun mexanizmiga ta’sir etuvchi ayrim buzilishlar – 243 659 ta

ruhiyat va xulq-atvor buzilishi – 7 334 ta

asab tizimi kasalliklari – 149 052 ta

ko‘z va uning qo‘shimcha apparati kasalliklari – 232 756 ta

quloq va so‘rg‘ichsimon o‘simta kasalliklari – 67 363 ta

qon aylanish tizimi kasalliklari – 123 155 ta

nafas olish a’zolari kasalliklari – 497 573 ta

ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari – 279 286 ta

siydik-tanosil tizimi kasalliklari – 226 155 ta

homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr asoratlari – 77 877 ta

teri va teri ostki to‘qimasi kasalliklari – 60 599 ta

suyak-mushak tizimi va birikti-ruvchi to‘qima kasalliklari – 32 510 ta

tug‘ma anomaliyalar, deformatsiya va xromosom buzilishlar – 1 267 ta

perinatal davrida ro‘y bergan ayrim holatlar – 12 682 ta

boshqa ruknlarda tasniflanmagan, klinik va laboratoriya tadqiqotlarida aniqlangan alomat, belgi hamda me’yordan chekinishlar – 45 350 ta

jarohatlanish, zaharlanishlar va ayrim tashqi sabablar bilan bog‘liq asoratlar – 81 239 ta