13/09/2023

2023- yilning 1- sentabr holatiga Farg‘ona viloyatida jami 2 915 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, so‘ngi besh yilga (2 307 ta) nisbatan 608 taga ko‘paygan. Bundan tashqari 2023- yilning yanvar-avgust oylarida 335 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
 Oltiariq tumani – 132 ta
 Qo‘shtepa tumani – 83 ta
 Bag‘dod tumani – 124 ta
 Buvayda tumani – 90 ta
 Beshariq tumani – 77 ta
 Quva tumani – 129 ta
 Uchko‘prik tumani – 163 ta
 Rishton tumani – 92 ta
 So‘x tumani – 71 ta
 Toshloq tumani – 134 ta
 O‘zbekiston tumani – 95 ta
 Farg‘ona tumani – 130 ta
 Dang‘ara tumani – 96 ta
 Furqat tumani – 68 ta
 Yozyovon tumani – 97 ta
 Farg‘ona shahar – 768 ta
 Qo‘qon shahar – 243 ta
 Quvasoy shahar – 101 ta
 Marg‘ilon shahar – 222 ta