13/09/2023

2023-yilning 1- sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 41 898 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 8 210 tani tashkil qildi (ulushi 19,6 %).

Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
 Farg‘ona shahri – 1 340 ta
 Marg‘ilon shahri – 695 ta
 Bag‘dod tumani – 533 ta
 Buvayda tumani – 521 ta
 Farg‘ona tumani – 513 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
 savdo sohasida – 3 396 ta
 sanoat sohasida – 1 662 ta
 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 653 ta
 qurilish sohasida – 527 ta
 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 345 ta